Сб. Фев 24th, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

Ikkinchi davraga tayyorgarliklar davom etmoqda.

 

Xabaringiz bor, jamoamiz birinchi davra yakunlanganidan so‘ng, ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtimizda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Jamoa davralar oralig’ida har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’rishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabi yozgi davralar oralig’ida reja asosida yig’in olib bormoqda.

Poytaxtimizdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 iyulgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur yig‘in davomida farg‘onaliklar 4ta nazorat-sinov bahsi o‘tkazishni rejalashtirgan. Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari 13, 17, 21 va 25 iyul kunlari o‘tkaziladi, jumladan 13 iyul kuni Proliga vakili «Yangier-Quruvchi» klubiga qarshi maydonga tushishadi.

Tarkibdagi o‘zgarishlar ham jamoa muhlislarini qiziqtirishi turgan gap, jamoaga xozirgi kunda «Olimpik» klubida to‘p surib kelgan yosh himoyachilar Sardorbek Mahmudov va yarim himoyachi Xumoyun Sherbo‘taevlar mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi, bundan tashqari hujumchisi Shahzod Ubaydullaev ham kichik jarohatdan so‘ng safga qaytgan. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlar davom etmoqda.

 

«Neftchi» PFK matbuot xizmati.

 

Улашинг: