Пт. Апр 19th, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

 

Bugun sevimli jamoamiz raxbariyati tomonidan 2021 yil mavsumi yakuni boʻyicha chempionlarimizni yangi yil arafasida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir shahrimizdagi »Miraj» restoranida tashkil etildi.

Marosimda Farg‘ona viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Nosirbek Otaqo‘ziyev, «Neftchi» PFK bosh direktori Zohid G‘ofurov, Neftchi futbol maktabi direktori Mahmud Zokirov hamda chempion yoshlarimiz ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida 2021 yil Oʼzbekiston U-18 birinchiligida chempionlikni qoʼlga kiritgan Аziz Аlijonov boshchiligidagi Neftchi yoshlar jamoasi, 2009 yilda tugʼilgan bolalar va oʼsmirlar oʼrtasida boʼlib oʼtgan Oʼzbekiston chempionatining gʼolibi Iqbol Аkramov boshchiligidagi Neftchi U-12 jamoasi futbolchilari, shuningdek, ayollar jamoamizning Oliy ligaga oʼtishida oʼzining munosib hissa va mahoratini namoyish etgan jamoa bosh murabbiyi Muxlisa Otaqoʼzievalar qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

 

Улашинг: