
Jamoamizning asosiy tarkibi kabi «Neftchi»ning (U-21) hamda (U-19) futbolchilari ham yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini jadal suratlar bilan olib bormoqdalar. Har ikkala jamoa o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Qirgulidagi «Neftchi» SK qarorgohida va Marg‘ilon shahridagi «Mehnat» futbol maktabi maydonida o‘tkazib kelmoqda. Tasdiqlangan rejaga muvofiq tayyorgarlik jarayoni davomida sinov-nazorat uchrashuvlari ham rejadan o‘rin olgan. Jumladan, bugun «Neftchi» (U-21) futbolchilari Bag‘dodning «Bag‘dodchi» jamoasi bilan kuch sinashdilar. Bellashuvda jamoalar jangovar 3:3 hisobida durang natijani qayd etishdi. O‘rinbosarlarimizdan barcha gollarga Abdulaziz Salohiddinov mualliflik qildi.
«Neftchi»(U-21)—»Bag‘dodchi» 3:3
Gollar: Abdulaziz Salohiddinov 41,70,80