Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Championat.asia jurnalisti, bloger Narzulla Saydullayev o‘zining telegram sahifasida “Neftchi» futbol klubi 500.000$ga futbolchi sotib oladi degan xabar tarqatdi.
Ushbu holat bo‘yicha “Neftchi” PFK quyidagilarni ma’lum qiladi.
“Neftchi PFK» yangi mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan holda tayyogarliklarni davom ettirmoqda. Shunga muvofiq ravishda seleksiya ishlari ham davom etmoqda. Kuni kecha klub rasmiy sahifalarida klub ijrochi direktori Muhammadsolix Abdusattorovning qisqa intervyusi taqdim etilgandi. Unda Muhammadsolix Abdusattorov seleksiya jarayonlari xaqidagi fikrlarida aytilgan ikkita pozitsiya bo‘yicha o‘zbek futboli jamoatchiligiga tanish bo‘lgan bir qator futbolchilar ko‘rib chiqilayotgani va muzokaralar davom etayotganini bildirilgandi. Ro‘yxatdagi futbolchilar orasida bugun tarmoqlarda nomi keltirilgan terma jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov ham bor. Lekin «Neftchi» klubi shuni ma’lum qiladiki, jamoa rahbariyati Rustam Ashurmatovning transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmagan. Bu holat bo‘yicha tarmoqlarda ba’zi blogerlar asoslanmagan va noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatdi.
Shuningdek, klub ijrochi direktori Muhammadsolix Abdusattorov bu holat bo‘yicha qo‘shimcha ravishda izoh berib o‘tdi «Tarmoqlarda tarqalgan xabar 100% feykligini bildirib o‘taman. Jamoamiz RPL klublaridan futbolchi sotib olish imkoniyatiga ega emas. Muzokoralar olib borilayotgan futbolchilarni qo‘lga kiritsak ham yoki erkin agent sifatida yo ijara asosida buni amalga oshiramiz. Bunga yaqqol misol tariqasida o‘tgan yili jamoamiz safiga «Alaniya»jamoasidan kelib qo‘shilgan Xusayn Norchayevni keltirib o‘taman. Jamoamiz muxlislari klubimiz xaqidagi aniq va to‘g‘ri xabarlarni klub rasmiy sayti va tarmoqlardagi sahifalaridan bilishlari mumkin»
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
DASTLABKI UCHRASHUVDA HISOB OCHILMADI
JAMOAMIZ «RUBIN» JAMOASIGA QARSHI MAYDONGA CHIQADI
JAMSHID ISKANDEROV BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI