"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

NAZORAT UCHRASHUVIDA JAMOAMIZ O‘ZBEKISTON MTJ BILAN  BAHS YURITDI

Bugun Toshkent viloyatidagi Milliy Futbol Matkazida jamoamiz Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holati hamda taktik tayyorgarligini sinovdan oʻtkazdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan har ikki jamoa ham faol harakat qildi.Bellashuv davomida jamoamiz tarkibida bir qator rotatsiyalar amalga oshirilib, futbolchilarning oʻyin amaliyoti takomillashtirilishiga turtki bo‘ldi.

Nazorat uchrashuvi
Toshkent viloyati, Milliy Futbol Markazi
16-may 2026 | 18:00
Oʻzbekiston MTJ 3:0 “Neftchi”
Gollar:
10’ 1:0, 35’ 2:0, 55’ 3:0.
“Neftchi”: Akbar Toʻrayev, Izzatillo Poʻlatov(Muhammadqodir Rasuljonov 80),Anvar Gʻofurov, Bojan Ciger, Abror Ismoilov(Muhsin Ubaydullaev 65), Ratinho(Azizbek Erimbetov 73), Ikrom Aliboyev, Jovan Jokich(Rustambek Fomin 65),Xurshid Gʻiyosov(Asilbek Jumayev 65),Vladimir Jovovich( Daler Tuxsanov 65), Stipe Perica(Zoran Marushich 65).

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: