Bugun muhtasham “Istiqlol” o‘yingohida Superliga 6-turning markaziy uchrashuvi o‘tkaziladi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz “Paxtakor” klubini qabul qiladi.
Statistik ma’lumot:
Superliga musobaqalarida “Neftchi” hamda “Paxtakor” shu kunga qadar 62 marta rasmiy uchrashuvlarda qatnashgan bo‘lib, bularning 22 tasida “Neftchi” g‘olib bo‘lgan, 9ta o‘yinda murosa ko‘chasi tanlangan va 31ta bahsda “Paxtakor” ustunlik qilgan. Umumiy to‘plar nisbati 70-104 toshkentliklar foydasiga.
Eng yirik g‘alabalar:
05.12.2002.
“Neftchi”-“Paxtakor” 4:0
12.08.2017.
“Paxtakor”-“Neftchi” 6:0
Jamoalarning Farg‘onada qayd etgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:
19.04.2025.
“Neftchi”-“Paxtakor” 0:4
01.07.2024.
“Neftchi”-“Paxtakor” 0:2
10.03.2023.
“Neftchi”-“Paxtakor” 2:1
12.08.2022. “Neftchi”-“Paxtakor” 0:2
12.06.2018
“Neftchi”-“Paxtakor” 1:1
Eslatib o‘tamiz, “Neftchi”-“Paxtakor” uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Bellashuv soat 19:00da boshlanadi.
Bo‘lajak uchrashuvda yigitlarimizga o‘z mahoratlari va kuch quvvatlarini to‘la safarbar etib,muxlislarni quvontiradigan g‘alabaga erishishlarini tilaymiz.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati
