"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

Neftchi Prezident Qarorida belgilangan kabellashtirish dasturini birinchi bo‘lib yakunladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 262-sonli qarori asosida, Superliga klublari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionlarda integratsiyalashgan kabellashtirish tizimini tashkillashtirish ishlari davom etmoqda. Bungacha yurtimizdagi stadionlar orasida faqatgina Bunyodkor hamda Olimpiya stadionlari (milliy olimpiya shaharchasi) jahon talablari asosidagi bunday kabellashtirilgan tizimlarga ega edi.

 

Avvalroq xabar berganimizdek, Farg‘onaning Neftchi klubi o‘z uy stadioni bo‘lmish Istiqlol stadioni uchun integratsiyalangan kabellashtirish bo‘yicha birinchilardan bo‘lib shartnoma imzolagandi. Ushbu haftada esa mazkur stadionda kabellashtirish ishlari yakuniga yetib, foydalanishga topshirildi.

 

Istiqlol stadionida OFK talablari asosida Yaponiya va Avstraliya texnologiyalari yordamida 10 ta kamera nuqtasi uchun optik gibrid kabellashtirish amalga oshirildi. Bu esa o‘z navbatida, mazkur o‘yingohdan amalga oshiriladigan translyatsiya jarayonlari sifatini oshirishga hamda VAR texnikasidan foydalanish amaliyotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Улашинг: