Roman Sanjar boshchiligidagi «Neftchi»U-21 yoshlar jamoamiz Urganchdagi uchrashuvning birinchi bo‘limini juda faol harakat va hujumkorlikda boshladi.Lekin, aytib o‘tish joiz mezbon jamoa vakillari ham qarshi hujumlarda ancha tartibli o‘yin namoyish etishdi. Shunga qaramay uchrashuvda hisobni birinchi bo‘lib farg‘onaliklar ochishdi.Raqiblar jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatga chiqqan Nurbek Sarsenbayev to‘pni egallab olib aniq zarba yo‘lladi 0:1.Ko‘p o‘tmay 13-daqiqada mezbonlar vakili Sultonboy Ismoilov hisobni tenglashtirishga erishdi 1:1.Ushbu hisob tannaffusga qadar o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida murabbiylarimiz maydonga Yahyoxon Isaqov bilan Mujoxidbek Olimovlarni tushirishdi. Bu o‘zgarishlar esa o‘z samarasini 58-daqiqada ko‘rsatdi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib kelgan Yahyoxon Isaqov aynan Mujoxidbek Olimovdan uzatilgan to‘pni aniq zarba bilan darvozaga yo‘llab, jamoamizni yana oldinga olib chiqdi 1:2. Shundan so‘ng mezbonlar hisobni tenglashtirishga katta kuch sarflashga majbur bo‘ldilar va 81-daqiqaga kelib Asadbek Saitxonov tomonidan darvozamizga kiritilgan gol o‘yindagi muvozanatni tikladi 2:2. Bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ham boshqa gollar kiritilmadi va uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
U-21 BIRINCHILIGI 9-tur
«Xorazm» sport majmuasi
23 aprel soat 17:00
«Xorazm»U-21 2:2 «Neftchi»U-21
Gollar: Nurbek Sarsenbayev, 10′(0:1), Sultonboy Ismoilov, 13′(1:1), Yahyoxon Isaqov, 58′(1:2), Asadbek Saitxonov, 81′(2:2)
Bosh hakam: Sevdiyor Xamraqulov
Yordamchi hakamlar: Dilshodbek Jumaniyazov, Rajabboy Rajabov
Zaxira hakami: Turg‘unbek Jumaboyev
Nazoratchi: Olimjon Abduvosilov
Komissar: Sanjar Zaripov
«Neftchi»U-21: 16.Ibrohim Shokirov, 14.Daler Tuxsanov,(29.Yaxyoxon Isaqov,46′) 17.Azizbek Muratov, 25.Omadillo Abdubannobov,(76.Anvarjon Ahmadillayev,85′) 27.Nurbek Sarsenbayev, 28.Muhammadqodir Rasuljonov, 30.Rustambek Fomin,(78.Mujohidbek Olimov, 46′) 37.Javohirbek Maxmudov, 44.Mo‘minxon Bahodirxonov, 79.Asilbek To‘xtasinov, 97.Mirjalol Abdurahimov,(66.Hasanboy Umirzaqov, 80′)
Zaxiradagilar: 74.Zikrillox Hotamjonov, 40.Abdullox Rashidov, 61.Shohruhbek Rahmonaliyev, 72.Xusniddinbek Akbarov, 80.Albert Nurullayev
Bosh murabbiy: Roman Sanjar
