Avval xabar berganimizdek, yangi mavsumda yuqori maqsadlarni ko‘zlagan Vitaliy Levchenko boshchiligidagi «Neftchi» jamoasi tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Turkiyaning Antalya shahrida boshlab yubordi. O‘quv mashg‘ulot yig‘ini doirasida jamoamiz xorij jamolari bilan nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha reja ishlab chiqqan.Unga ko‘ra jamoamizga «Turan» (Qozog‘iston🇰🇿), «Rubin» (Rossiya🇷🇺), «Kolheti Poti» (Gruziya🇬🇪), «Yelimay» (Qozog‘iston🇰🇿) , «Milsami» (Moldova🇲🇩) va «Ordabasi» ( Qozog‘iston🇰🇿) klublari raqiblik qilishadi. Uchrashuv sanalari va boshlanish vaqti to‘g‘risida ma’lumot yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan.
Mazkur uchrashuvlarni jonli efirga uzatish ishlari «Neftchi» PFK matbuot xizmati tomonidan rejalashtirilgan.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
SUPERLIGA – 2025 BIRINCHI DAVRA TAQVIMI
TOʻLA USTUNLIK
ERTAGA NAZORAT UCHRASHUVI BOR