
Viloyat hokimi kubogi uchun o‘tkazilayotgan musobaqaning 2-turida «Neftchi»(U-21) o‘rinbosarlar jamoasi «Andijon»(U-19) klubini qabul qildi. Toshloq stadionida bo‘lib o‘tgan bu uchrashuvda yigitlarimiz dastlabki daqiqalardanoq hujumkorlikni kuchaytirdilar.Bu urinish bahsning 13-daqiqasida raqiblar darvozasiga gol kiritish bilan yakunlandi. Gol muallifi iste’dodli futbolchi Abdulaziz Salohiddinov bo‘ldi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ikkala jamoa ham bir qator o‘yinchilarni almashtirdi. Bu tadbir hujumkorlik yanada kuchayishiga sabab bo‘ldi. 57-daqiqada andijonliklar jarima maydonchasi ichida qaltis xatoga yo‘l qo‘yganliklari bois bosh hakam ular darvozasi tomon 11-metrli jarima belgiladi. Omadillo Abdubannopov jarima to‘pini aniq zarba bilan yo‘naltirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Yigitlarimiz shundan keyin ham hujumkorlikni pasaytirmadilar. Natijada oxirgi daqiqalarda Dilshod Sharofiddinov raqiblar darvozasini uchinchi marta zabt etib, uchrashuv farg‘onaliklar foydasiga 3:0 hisobida yakunlanishini ta’minladi.
Bu o‘rinbosarlarimizning turnirdagi ikkinchi g‘alabasi bo‘lib, jamoamiz o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda. Aziz Alijonov shogirdlariga keyingi uchrashuvlarda ham g‘olibona yurishni davom ettirishlarida omad tilaymiz.
Hokim kubogi-2025 2-tur
«Neftchi U21» — «Andijon U19» 3:0
Gol: Abdulaziz Salohiddinov 13′, Omadillo Abdumannopov 57′ pen, Dilshod Sharofiddinov 76′
«Neftchi U21:
16. Husniddin Neʼmatov
52.Mujohid Olimov
90.Omadillo Abdubannopov
92.Xumoyun Bozorboyev
74.Oyatillo Obidjonov
43.Abdulaziz Salohiddinov
65.Asadbek Qahorjonov
31.O’tkir O’ktamov
76.Nurmuhammad Abdug’aniyev
64.Qodir Rasuljonov
91.Nodir Karimov
Zaxiradagi futbolchilar:
32.Sirojiddin Xayitboyev
80.Nodirbek Ahmadjonov
61.Begzod Abduvaliyev
57.Sanjarbek Maqsudbekov
48.Dovruh Abdug’aniyev
47.Muhammadjon Toyirjonov
67.Yaxyo Isoqov
93.Husan Umurzoqov
96.Miraziz Muhammadaliyev
Bosh murabbiy: Aziz Alijonov