Ср. Окт 23rd, 2024

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

NAVBATDAGI TUR SANASI OʻZGARDI

Superliga 22-turidan o‘rin olgan OKMK — Neftchi o‘yini 28-oktyabr kuni Olmaliqda o‘tkaziladi.

Avvalroq o‘yin 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi o‘tishi munosabati bilan Liga bellashuvni bir kun keyin o‘tkazishga qaror qildi.

Sport telekanali bilan kelishuv asosida o‘yin 16:00 da start oladi. Shu kuni 18:15 dan boshlab Dinamo — Nasaf o‘yini efirga olib chiqiladi.

Shuningdek, Superliga 23-turidan o‘rin olgan Metallurg — OKMK o‘yini 3-noyabr kuni 18:15 da start olishi belgilandi.

Улашинг: