Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida kechgan bahsda “Neftchi” jamoamiz mezbonlar ustidan 1:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv boshidanoq jamoamiz o‘yinni o‘z nazoratiga oldi. Ayniqsa birinchi bo‘limda “Neftchi” tashabbusni to‘liq qo‘lga olib, ketma-ket hujumlar orqali raqib darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi. Mantiqiy ustunlik esa 45-daqiqada o‘z samarasini berdi — Yovan Jokich aniq zarba bilan hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda ham jamoamiz faol va tartibli o‘yin ko‘rsatdi. Hujumlarda davomiylik saqlanib qoldi, bir necha bor hisobni oshirish uchun yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayrim vaziyatlarda esa omad yetishmadi yoki mezbonlar himoyada jonbozlik ko‘rsatdi.
Shunga qaramay, “Neftchi” o‘yinni sovuqqonlik bilan nazorat qildi va muhim ustunlikni saqlab qoldi. Jamoamizning intizomi, pressing va o‘zaro tushunishi maydonda yaqqol ko‘zga tashlandi.
Alohida ta’kidlash joizki, safarga qaramay, muxlislarimizning faol qo‘llab-quvvatlashi jamoaga katta ruhiy kuch bag‘ishladi. Tribunadagi atmosfera futbolchilarga qo‘shimcha motivatsiya berdi va bu g‘alabada muhim omillardan biriga aylandi.
Ishonchli o‘yin, kuchli xarakter va muhim 3 ochko — “Neftchi” yo‘lida davom etadi!
Superliga. 7-tur
“Bunyodkor” – “Neftchi” 0:1
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo’ldoshev, Baxtiyorxo’ja Shavkatov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Shahzod Xolboev
Gol: 0:1 – 45, Yovan Jokich
“Neftchi“: 1. Botirali Ergashev, 2. Izzatillo Po’latov, 20. Anvarjon G’ofurov (S), 4. Boyan Ciger, 34. Farruh Sayfiev, 23. Yovan Jokich, 8. Vladimir Yovovich (77. Ratino, 71), 10. Jamshid Iskanderov (11. Asilbek Jumaev, 82), 7. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Xalil Yo’ldoshev, 71), 22. Alisher Odilov (9. Xurshid G’iyosov, 61), 32. Zoran Marushich (18. Stipe Perica, 61)
Zaxira: 45. Akbar To’raev, 21. Muhsin Ubaydullaev, 15. Nurmuhammad Abdug’aniev, 30. Rustambek Fomin.
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
