"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

RASMAN: AKBAR TO‘RAYEV BILAN SHARTNOMA UZAYTIRILDI

Jamoamiz tarkibida bir necha yildan buyon darvozani ishonch bilan qo‘riqlab kelayotgan, tajribali va fidoyi posbon Akbarjon To‘rayev yangi mavsumda ham faoliyatini jonajon “Neftchi” safida davom ettiradigan bo’ldi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.

Akbar To‘rayev o‘zining  tajribasi va maydondagi yetakchilik fazilatlari jamoaning chempionlik darajasiga ko‘tarilishida, shuningdek, klub nufuzining futbol olamida yanada mustahkamlanishida muhim o‘rin tutmoqda.

Ishonamizki, Akbar To‘rayev yangi mavsumda ham o‘z mehnati va mahorati bilan jamoamizga munosib hissa qo‘shib, muxlislarni ishonchli o‘yinlari bilan xursand etishda davom etadi.

Futbolchimizga yangi mavsumda sog‘liq, barqarorlik va jamoamiz bilan birgalikda yangi zafarlar tilaymiz.

Улашинг: