"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

RASMAN:IBROHIM HALIL YO‘LDASHEV BILAN IKKI YILLIK SHARTNOMA IMZOLANDI

Joriy mavsumda jamoamiz tarkibida himoyachi ampluasida to‘p surib, nafaqat mudofaa, balki hujum chizig‘ini kuchaytirishda ham o‘rnak ko‘rsatib kelgan, ushbu faolligini O‘zbekiston Milliy terma jamoasi safida ham mazmunli o’yin namoyish eta olgan mahoratli futbolchi Ibrohim Halil Yo‘ldoshev yangi mavsumni ham “Neftchi” safida davom ettirishga qaror qildi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi.

Ibrohim Halil o‘tgan mavsumda jamoamizning asosiy tarkib futbolchilaridan biri sifatida Superliga bahslarida muntazam maydonga tushib, himoyadagi ishonchli harakatlari bilan bir qatorda, hujumlarda ham faol ishtirok etdi. Uning tezkorligi, universalligi va o‘yin intizomi jamoamiz o‘yin tizimida muhim rol o‘ynadi.

Uning har bir uchrashuvdagi fidoyiligi va jangovar ruhi jamoamizga nafaqat natija, balki barqarorlik ham olib keldi. Ishonamizki, Ibrohim Halil Yo‘ldoshev yangi mavsumda ham jamoamizning chempionlik bayrog‘ini baland ko‘tarib, xalqaro maydonlarda “Neftchi” nomining yanada keng tarqalishiga munosib hissa qo‘shadi.
Futbolchimizga yangi mavsumda mustahkam sog‘liq, barqaror o‘yin va jamoamiz bilan birgalikda yangi g‘alabalar tilaymiz.

Улашинг: