"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

RASMAN : FRANSISKO JURANI FERREIRA JAMOAMIZ A’ZOSI

Jamoamiz 2025 yilgi mavsumda chempionlik shohsupasini egallab, millionlab muxlislar qalbini quvontirdi. Yangi mavsumda biz nafaqat bu muvaffaqiyatni mustahkamlashni, balki xalqaro maydonlarda ham munosib o‘yin ko‘rsatib, Farg‘ona va O‘zbekiston sharafini baland ko‘tarishni maqsad qilganmiz. Shu sababli jamoamiz tarkibini yanada mahoratli va iste’dodli futbolchilar bilan boyitish yo‘lida ish olib bormoqdamiz.

Tanishing: braziliyalik mohir yarim himoyachi Jurani Fransisko Fereyra, ya’ni Ratinyo. U 1996 yil 1 oktabrda Braziliyaning Cavalcante shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2017 yilda “Arapongas” jamoasida boshlagan, keyinchalik “Itaberal”, “Itabaiana”, “Goias”, 2019/20 yillarda Janubiy Koreyaning “Gwangju” jamoasida, 2021 yilda esa o‘z yurti jamoalarida: “Paysandu”, “Londrina”, “Botafogo-PB”, “Retro”, “Maguary” va 2024 yildan O‘zbekistonning “Dinamo” jamoasida o‘ynagan.Ratinyo O‘zbekiston Superligasi va Kubogi musobaqalarida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ikki mavsumdan beri mamlakatimizda to‘p surib, ajoyib o‘yin namoyish etayotgan braziliyalik futbolchi bilan jamoamiz ikki yillik shartnoma imzoladi.Jamoamiz va barcha muxlislar nomidan Ratinyoni yangi mavsumda “Neftchi” sharafini munosib himoya qilishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

“NEFTCHI”GA XUSH KELIBSAN, RATINYO!CHEMPIONLIK AN’ANASINI DAVOM ETIRGANI KELDIM

Улашинг: