"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

Shu kungacha “Neftchi” jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlarni stadionlarda jami 234 257 nafar muxlis kuzatgan.

Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga 151 568 nafar muxlis tashrif buyurgan.
Eng ko‘p tomoshabin yig‘ilgan bahs — 6-turdagi “Neftchi – Paxtakor” o‘yini bo‘lib, unda 15 500 nafar muxlis stadiondan o‘yinni tomosha qilgan.
Eng kam tomoshabin esa 10-turdagi “Neftchi – Sho‘rtan” o‘yinida qayd etilib, 4 240 nafar muxlis stadionda bo‘lgan.

Safar uchrashuvlarida esa eng ko‘p tomoshabin 19-turdagi “Navbahor – Neftchi” bahsiga to‘g‘ri keladi — 21 350 nafar muxlis stadionga tashrif buyurgan.
Safardagi eng kam tashrif esa 5-turdagi “Mash’al – Neftchi” o‘yinida qayd etilib, atigi 499 nafar muxlis o‘yinni stadionda kuzatgan.

Jamoamizning uy uchrashuvlarini o‘rtacha 11 659 nafar muxlis kuzatib bordi — bu esa O‘zbekiston Superligasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi!

Aziz muxlislar!
Navbatdagi bahsda ham stadionni to‘ldiramizmi?!

Улашинг: