Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz Superliganing 26-tur bahsida” Sho‘rtan” klubi mehmoni bo‘ladi.
O‘zaro to‘qnashuvlarga e’tibor qaratsak, milliy chempionatimiz doirasida jamoalar so‘nggi bor 2017 yilda uchrashgan bo‘lib, jami 25 marta maydonda kuch sinashgan. Bulardan 9 tasida “Sho‘rtan”ning qo‘li baland kelgan, 8 ta bahsda murosa ko‘chasi tanlangan va 8 ta bellashuvda “Neftchi” g‘olib bo‘lgan. Umumiy to‘plar nisbati 30-30.
O‘zaro qarama-qarshilikda “Neftchi” jamoasining eng yirik g‘alabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan bo‘lib,unda farg‘onaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan. “Sho‘rtan” klubining eng yirik g‘alabasi esa 2011 yilda Gʻuzorda qayd etilgan va 4:0 ko‘rinishida bo‘lgan.
Gʻuzorda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
04.03.2017.
“Sho‘rtan”-“Neftchi” 1:0
17.09.2016.
“Sho‘rtan”-“Neftchi” 2:1
02.08.2015.
“Sho‘rtan”-“Neftchi” 4:1
04.07.2013.
“Sho‘rtan”-“Neftchi” 0:2
04.09.2012.
“Sho‘rtan”-“Neftchi” 2:0
Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni “Sho‘rtan”-“Neftchi” bellashuvida Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi. Uchrashuv soat 16:30 da boshlanadi.
Ushbu bellashuvda yigitlarimizga kuch g‘ayrat, jo‘shqinlik va g‘olibona kayfiyat tilaymiz.
