Sevimli jamoamiz — “Neftchi” oltin shoxsupa sari dadil qadam tashlamoqda. 19 oktyabr kuni 25-tur doirasida “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan bellashuv ham ana shunday qadamlardan biri bo‘ldi. “Neftchi” bu uchrashuvda Olmaliqning OKMK jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikkala jamoa ham hisobni birinchi bo‘lib ochish va oldinga chiqib olish uchun hujumga zo‘r berdilar. Ana shu hujumlarning birida Olmaliq himoyachilari shiddatli hujum bilan jarima maydoniga kirib kelgan farg‘onaliklar hujumchisi Alisher Odilovni chalib yiqitib, qoidani qo‘pol ravishda buzishdi. Bosh hakam bu harakat 11- metrli jarimaga loyiq ekanligini aytib, mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Ushbu jarimani uchrashuvning 17-daqiqasida Jamshid Iskanderov kuchli zarba bilan darvozaga yo‘naltirib, hisobni ochdi 1:0. Shundan keyin bellashuv yanada keskin tus oldi. Mehmonlar ahvolni o‘nglash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib hujumga otlandilar. Lekin, ularning urinishlari natija bermadi.
Uchrashuvning ikkinchi qismini Mirjalol Qosimov shogirdlari yoppasiga hujum bilan boshladilar. Ularning harakatlari “Neftchi” darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlar vujudga keltirgan bo‘lsada, aniq golga aylanmadi. Bunda Anvarjon G‘ofurov,Boyan Siger,Muxsinjon Ubaydullayevlarning darvozabonimiz Botirali Ergashev bilan mustahkam aloqada harakat qilib, himoya chizig‘ini ishonchli saqlaganliklari katta foyda berdi. Bu tadbir butun uchrashuv davomida jamoamiz darvozasi daxlsiz saqlanib, yagona gol farg‘onaliklarga juda zarur g‘alabani taqdim etishida ham muhim omil bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 54 taga yetkazgan “Neftchi” chempionlik poygasida peshqadamni izchil quvib borishda davom etmoqda.
Vitaliy Levchenko shogirdlari 26-turni 25 oktyabr kuni G‘uzor shahrida “Sho‘rtan”ga qarshi kurash bilan o‘tkazadilar. Bu bellashuvda ham yigitlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
“Neftchi” – OKMK 1:0
19 oktyabr 2025 yil. Farg‘ona, “Istiqlol” stadioni. 18:15
Hakamlar: Dostonbek Rahmonov, Shoxnur Yo‘ldoshev, Sardor Umrzoqov, Isroiljon Imomnazarov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Uchrashuv komissari: Shohruh Said
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Anvarjon Marajabov
Gol: Jamshid Iskanderov 17, penalti – 1:0.
“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Siger, 5. Ikromjon Aliboyev, 6. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (11. Quvondiq Ro‘ziyev, 63), 7. Abrorbek Ismoilov (77. Bilolxon Toshmirzayev, 90+3), 9. Joel Kojo (15. Shaxzodjon Nematjonov, 90+3), 10. Jamshid Iskanderov (32. Zoran Marushich, 74), 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullayev, 22. Alisher Odilov (8. Vladimir Yovovich, 63), 23. Yovan Dokich.
Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 24. G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 33. Shoxruxbek Yoqubjonov, 70. Silvanus Nimeli, .
OKMK: 35. Javohir Ilyosov, 5. Giorgi Papava (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 60), 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 7. Dilshodbek Axmadaliyev, 8. Aziz Xolmurodov (27. Ali Abduraxmonov, 65), 10. Xurshid G‘iyosov, 11. Ruben Sanchez , 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 21. Saidafzalxon Axrorov (19. Axmadullo Muqumjonov, 71), 99. Asadbek Sobirjonov (28. Arihiro Sentoku, 60).
Zaxira: 88. Xamidullo Abdunabiyev, 13. Eldorbek Begimov, 16. Naoaki Senaga, 18. Ibrohim Yo‘ldoshev, 30. Abror Sarimsoqov, .
Ogohlantirishlar: Ruben Sanches 56, Avazbek O‘lmasaliyev 81, Islom To‘xtaxo‘jayev 81, Anvarjon G‘ofurov 85, Oybek Rustamov 87
