Mavsum boshidayoq chempionlik shoxsupasini egallashni maqsad qilib olgan sevimli jamoamiz bugun 23-tur doirasida Jizzaxdagi markaziy stadionda “So‘g‘diyona” bilan bellashdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikkala tomon ham oldinga chiqib olish uchun astoydil harakat qildi. O‘yinning 38-daqiqasida bu omad “Neftchi”ga kulib boqdi. Hujumchimiz Kojo Joel raqiblar himoyachisini aldab o‘tib, to‘pni darvozaga yo‘lladi. Lekin darvozabon kuchli zarbani qo‘li bilan urib qaytardi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan hujumchimiz Jamshid Iskanderov to‘pni mohirlik bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi 0:1. Shu tariqa bu murakkab uchrashuvda hisob ochilib, farg‘onaliklar oldinga chiqib oldilar. Bellashuvning birinchi bo‘limida hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘limda maydon egalari nima bo‘lsa ham hisobni tenglashtirish va mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun yoppasiga hujumga o‘tdilar. Bir necha marta neftchilar darvozasi oldida xavfli vaziyatlar vujudga keltirdilar. Bu urinishlarni yo‘qqa chiqarib, darvozamizni daxlsiz saqlab qolishda Botirali Ergashevning alohida hissasi borligini e’tirof etishimiz kerak. Vakillarimiz ham qarshi hujumlar chog‘ida maydon egalari darvozasi oldida xavf-xatar vujudga keltirdilar. Lekin, darvoza tomon yo‘naltirilgan zarbalarga aniqlik yetishmadi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida ikkala tomon ham ahvolni o‘zgartirish uchun qator o‘yinchilarni almashtirdi. Ammo, bu o‘zgarishlar ham farg‘onaliklarning himoya chizig‘ini kesib o‘tishga yordam bera olmadi. Shu tariqa, bu shiddatli va murosasiz kurash ostida o‘tgan uchrashuv sevimli jamoamizning muhim g‘alabasi bilan yakunlandi. Vitaliy Levchenko shogirdlari umumiy ochkolar sonini 48 taga yetkazib, ikkinchi o‘rinni mustahkamlab oldilar.
Yigitlarimizni bugungi muhim g‘alaba bilan ko‘p sonli muxlislar nomidan qizg‘in tabriklab, navbatdagi uchrashuvlarda ham bu g‘olibona yurishni izchil davom ettirishlarini tilaymiz.
Superliga 23-tur
“So‘g‘diyona” – “Neftchi” 0:1
30.09.2025
Bosh hakam: Timur To‘xtasinov
Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurahmonov, Anvar Marajabov
Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Aleksandr Sidorov
Komissar: Jalolxon Inog‘omxo‘jayev
Gol: Jamshid Iskanderov 39, 0:1
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo‘raboyev (3. Islomjon Qobilov,27), 8. Suxrob Izzatov (28. Stanislav Andreyev,81), 9. Samandarjon Mavlonqulov ( 98. Rubin Xebay,61) 10. Shoxruxbek Abdurahmonov (,7. Xondamir Mustafoqulov,81), 13. Filip Ivanovich, 14. Lyupcho Doriyev, 19. Javohir Qahramonov, 32. Nodirjon Soyibov, 33. Sardor Rahmonov, 70. Jasurbek Jaloliddinov (
Zaxira: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 4. Otabek Ahadov, 5. Behruz Jumatov, 18. Oybek Nurmatov, 42. Sardorbek Erkinov
“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Siger, 5. Ikromjon Alibayev (24. G‘ulom-Haydar Gulyamov, 90+3), 7. Abrorbek Ismoilov, 9. Joel Kojo (22. Alisher Odilov,90+3), 10. Jamshid Iskanderov (22. Alisher Odilov,82), 11. Quvondiq Ro‘ziyev (8. Vladimir Yovovich,71), 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullayev, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev
Zaxira: 45. Akbar To‘rayev,Ch 33. Shoxruhbek Yoqubjonov, 44. Muhammadziyo Adhamjonov, 77. Bilolxon Toshmirzayev.
Ogohlantirish: Fili Ivanovich, Ivan Boshkovich (So‘g‘diyona) 84
