"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

OʻZBEKISTON U-17 TERMA JAMOASI AʼZOLARI BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

AZIZBEK ERIMBETOV “NEFTCHI” BILAN SHARTNOMA IMZOLADI

Tarkibni kuchaytirish maqsadida seleksiya ishlarini davom ettirayotgan “Neftchi” futbol klubi yosh va mahoratli futbolchi Azizbek Erimbetov bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2008 yilda Qozog‘istonning Qaskelen tumanida tug‘ilgan Azizbek Erimbetov keyinchalik Qoraqalpog‘istonga ko‘chib o‘tib, 2016/21 yillarda Nukus shahrida joylashgan IBUSM da birinchi futbol saboqlarini olishga erishdi. 2021 yildan boshlab Bekobodning “Metallurg” akademiyasida tahsil olayotgan Azizbek Erimbetov 2023 yilda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga jalb qilinadi va 2025 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida O‘zbekiston (U-17) terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, Osiyo chempioni unvoniga ega bo‘ladi. “Neftchi”ga o‘tish oldidan Azizbek Erimbetov Pro liga chempionatida “Jayxun” klubi sharafini himoya qilib keldi.

Jamoamiz va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan yosh futbolchiga “Neftchi”dagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

“Neftchi”ga xush kelibsiz, Azizbek!

NURBEK SARSENBAYEV “NEFTCHI” A’ZOSI

Yozgi transferlar orqali tarkibni kuchaytirish uchun seleksiya jarayoni davom etmoqda. Bugun jamoamiz yosh va iste’dodli hujumchi, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Nurbek Sarsenbayev bilan shartnomani rasmiylashtirdi.

Ma’lumot uchun, Nurbek Sarsenbayev 2008 yilning 27 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini 2023 yilda “Aral” jamoasida boshlagan. 2025 yildan Nukusning Pro ligadagi yana bir vakili “Jayxun” klubi a’zosi sifatida faoliyat yuritib keldi. Joriy yilda 17 yoshlilar o‘rtasida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida O‘zbekiston (U-17) terma jamoasi sharafani himoya qilgan Nurbek Sarsenbayev oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ikkinchi davradan faoliyatini yoshlar jamoamizda boshlayotgan mahoratli futbolchiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Nurbek, “Neftchi”ga xush kelibsiz!

 

Улашинг: