Bugun “Bunyodkor” o‘yingohidagi anjumanlar zalida Superliganing “Bunyodkor” – “Neftchi” ochilish uchrashuviga bag‘ishlangan miting bo‘lib o‘tdi.
Mitingda tomonlar ertaga bo‘lib o‘tadigan bellashuvda jamoalar qanday rangli liboslarda to‘p surishi aniqlandi. Unga ko‘ra, “Bunyodkor” jamoasi to‘liq ko‘k rangli, “Neftchi” esa sariq-qora-sariq rangli libosda maydonda harakatlanadilar.
“Neftchi” FK matbuot xizmati


