Xabaringiz bor , 10 avgust shanba kuni soat 19:00 da sevimli “Neftchi” jamoamiz Superliganing 15-turida Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” markaziy stadionida, Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur bellashuv uchun chiptalar sotuvi ertaga soat 10:00 dan boshlanadi. 30 va 40 ming so‘m narxda belgilangan chiptalar faqat “Istiqlol” stadionining maxsus kassalarida sotuvga chiqariladi.
JAMOAMIZNI STADIONDAN TURIB QO‘LLAB-QUVVATLANG!
