"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

“NЕFTCHI” – “SURXON” PRЕVYU

Superliganing 27-tur bahsida sevimli “Neftchi” jamoamiz Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi.

Statistikaga nazar tashlaymiz. “Neftchi” jamoasi “Surxon” klubi bilan milliy chempionatimiz doirasida o‘zaro 31 marta to‘qnashgan bo‘lib, bundan 20 tasida farg‘onaliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 10 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda “Surxon” jamoasi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan. “Neftchi”ning o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik g‘alabasi 5:0 ko‘rinishida qayd etilgan.Termizliklarning yagona g‘alabasi esa 1999 yilda 2:1 hisobi bilan yakun topgan. Umumiy to‘plar nisbati 72-23 farg‘onaliklar foydasiga.

Farg‘onada kechgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

15.06.2024.
“Neftchi”-“Surxon” 1:1
22.10.2023.
“Neftchi”-“Surxon”  1:1
12.11.2022.
“Neftchi”-“Surxon”  3:0
19.06.2004.
“Neftchi”-“Surxon”  3:0
19.04.2003.
“Neftchi”-“Surxon”  2:0

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 27-tur doirasidagi “Neftchi”-“Surxon” bellashuvini G‘ayrat Jo‘rayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda sevimli jamoamizga ishonchli g‘alaba bilan o‘z muxlislarini xursand etib, chempionlik sari dadil qadam tashlashlarini tilaymiz.

Улашинг: