Yoshlar jamoamiz bugundan boshlab yozgi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlariga kirishdilar. Islom Ismoilov rahbarligida futbolchilarimiz to‘la rekonstruksiya qilinib, yangilangan zaxira maydonida kuniga ikki mahal mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Dastlab trenajyor zalida turli mashqlarni bajargan yoshlarimiz, keyingi tayyorgarlikni ochiq maydonda olib borishdi. Ushbu jarayondan olingan fotolavhani tomosha qiling.


















