Juan Cruz Gill — “Neftchi” murabbiylar shtabida!

Juan Cruz Gill “Neftchi” murabbiylar shtabida ish boshladi
Argentina futbol maktabi vakili, tajribali mutaxassis Juan Cruz Gill endilikda “Neftchi” jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi va jamoa bosh murabbiy Islombek Ismoilovga yordamchi sifatida faoliyat olib boradi. U jamoaning mashg‘ulot jarayonlari, taktik tayyorgarlik, futbolchilarning individual rivoji hamda analitik ishlarda bosh murabbiyga yaqindan yordam beradi.
42 yoshli argentinalik mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida Argentina, Chili, Kipr, Venesuela va Malta klublarida to‘p surgan. Himoyachi sifatida maydonda katta tajriba orttirgan Juan Cruz Gill ayniqsa Maltaning mashhur klublaridan biri — Valletta safida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylikka o‘tib, professional faoliyatini yordamchi murabbiy sifatida davom ettirdi.
Juan Cruz Gill murabbiylik faoliyatida CONMEBOL PRO License va UEFA A License darajasidagi litsenziyalarga ega bo‘lib, zamonaviy futbol metodikasi, taktik tahlil va mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. So‘nggi yillarda u Janubiy Amerika futbolida faol ishlab, professional jamoalar murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi.
Juan Cruz Gillning xalqaro tajribasi, professional yondashuvi va zamonaviy futbol qarashlari jamoamiz rivojiga xizmat qiladi degan umiddamiz.
Xush kelibsiz, Juan Cruz Gill!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
FACUNDO STYK — JAMOAMIZ BILAN DO‘STONA XAYRLASHDI!
FACUNDO STYK — JAMOAMIZ BILAN DO‘STONA XAYRLASHDI!
ANTALIYADAGI O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
ANTALIYADAGI O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI MASHG'ULOTLAR FARG'ONADA DAVOM ETTIRILADI
“NEFTCHI” ANTALIYADAGI O‘QUV-YIG‘IN MASHG‘ULOTLARIGA YO‘L OLDI
Tayyorgalik Turkiyada davom etadi