Muxlislar uchun

Stadionga kirish qoidalari

Istiqlol stadionida xavfsiz va qulay muhitni saqlash uchun barcha tomoshabinlardan quyidagi qoidalarga rioya qilishlarini so'raymiz.

Kirish tartibi

  • Stadionga kirish chipta yoki abonement asosida amalga oshiriladi. Chiptangizni o'yin oxirigacha saqlang.
  • Darvozalar o'yin boshlanishidan 1.5 soat oldin ochiladi. Tirbandlikni oldini olish uchun oldindan keling.
  • Xavfsizlik xizmati tomonidan ko‘rik (metall detektor) majburiy. Hamkorlik uchun rahmat.
  • 14 yoshgacha bolalar faqat kattalar hamrohligida kirishlari mumkin.

Taqiqlangan buyumlar

  • Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va ularning ta‘siridagi holatda kirish.
  • Pirotexnika, petarda, signal o'tlari, gaz balonchalari va har qanday yonuvchi moddalar.
  • Sovuq va o‘qotar qurollar, kesuvchi-teshuvchi narsalar.
  • Shisha idishlar, banka va yirik o'lchamdagi sumkalar.
  • Klub yoki raqib jamoa sha'niga tegadigan, irqchilik yoki ekstremistik xarakterdagi bayroq va plakatlar.

Xulq-atvor qoidalari

  • Boshqa tomoshabinlar va xavfsizlik xodimlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'ling.
  • Maydonga har qanday buyum tashlash yoki maydonga tushish qat‘iyan taqiqlanadi.
  • Haqorat, tahdid, zo'ravonlik va tartibsizlik intizomiy javobgarlikka, stadiondan chetlatishga olib keladi.
  • O'z joyingizda o'tiring va evakuatsiya yo'laklarini band qilmang.

Qoidalarni buzgan shaxslar stadiondan chiqarib yuborilishi va keyingi o'yinlarga kiritilmasligi mumkin. Tushunganingiz uchun rahmat — birgalikda Neftchini qo'llab-quvvatlaymiz!