{"id":18853,"date":"2025-10-19T20:56:13","date_gmt":"2025-10-19T15:56:13","guid":{"rendered":"http:\/\/fcneftchi.uz\/?p=18853"},"modified":"2025-10-20T09:02:54","modified_gmt":"2025-10-20T04:02:54","slug":"okmk-taslim-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/archives\/18853","title":{"rendered":"OKMK TASLIM ETILDI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sevimli jamoamiz \u2014 &#171;Neftchi&#187; oltin shoxsupa sari dadil qadam tashlamoqda. 19 oktyabr kuni 25-tur doirasida &#171;Istiqlol&#187; o\u2018yingohida bo\u2018lib o\u2018tgan bellashuv ham ana shunday qadamlardan biri bo\u2018ldi. &#171;Neftchi&#187; bu uchrashuvda Olmaliqning OKMK jamoasini qabul qildi.<\/p>\n<p>Uchrashuvning birinchi bo\u2018limida ikkala jamoa ham hisobni birinchi bo\u2018lib ochish va oldinga chiqib olish uchun hujumga zo\u2018r berdilar. Ana shu hujumlarning birida Olmaliq himoyachilari shiddatli hujum bilan jarima maydoniga kirib kelgan farg\u2018onaliklar hujumchisi Alisher Odilovni chalib yiqitib, qoidani qo\u2018pol ravishda buzishdi. Bosh hakam bu harakat 11- metrli jarimaga loyiq ekanligini aytib, mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Ushbu jarimani uchrashuvning 17-daqiqasida Jamshid Iskanderov kuchli zarba bilan darvozaga yo\u2018naltirib, hisobni ochdi 1:0. Shundan keyin bellashuv yanada keskin tus oldi. Mehmonlar ahvolni o\u2018nglash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib hujumga otlandilar. Lekin, ularning urinishlari natija bermadi.<\/p>\n<p>Uchrashuvning ikkinchi qismini Mirjalol Qosimov shogirdlari yoppasiga hujum bilan boshladilar. Ularning harakatlari &#171;Neftchi&#187; darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlar vujudga keltirgan bo\u2018lsada, aniq golga aylanmadi. Bunda Anvarjon G\u2018ofurov,Boyan Siger,Muxsinjon Ubaydullayevlarning darvozabonimiz Botirali Ergashev bilan mustahkam aloqada harakat qilib, himoya chizig\u2018ini ishonchli saqlaganliklari katta foyda berdi. Bu tadbir butun uchrashuv davomida jamoamiz darvozasi daxlsiz saqlanib, yagona gol farg\u2018onaliklarga juda zarur g\u2018alabani taqdim etishida ham muhim omil bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ushbu g\u2018alabadan so\u2018ng ochkolar sonini 54 taga yetkazgan &#171;Neftchi&#187; chempionlik poygasida peshqadamni izchil quvib borishda davom etmoqda.<\/p>\n<p>Vitaliy Levchenko shogirdlari 26-turni 25 oktyabr kuni G\u2018uzor shahrida &#171;Sho\u2018rtan&#187;ga qarshi kurash bilan o\u2018tkazadilar. Bu bellashuvda ham yigitlarimizga omad yor bo\u2018lishini tilab qolamiz.<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187; &#8212; OKMK 1:0<\/p>\n<p>19 oktyabr 2025 yil. Farg\u2018ona, &#171;Istiqlol&#187; stadioni. 18:15<\/p>\n<p>Hakamlar: Dostonbek Rahmonov, Shoxnur Yo\u2018ldoshev, Sardor Umrzoqov, Isroiljon Imomnazarov<\/p>\n<p>Nazoratchi: Viktor Serazitdinov<\/p>\n<p>Uchrashuv komissari: Shohruh Said<\/p>\n<p>VAR: Ibrohim Ismoilov<\/p>\n<p>AVAR: Anvarjon Marajabov<\/p>\n<p>Gol: Jamshid Iskanderov 17, penalti &#8212; 1:0.<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187;: 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Siger, 5. Ikromjon Aliboyev, 6. Ibrohimxalil Yo\u2018ldoshev (11. Quvondiq Ro\u2018ziyev, 63), 7. Abrorbek Ismoilov (77. Bilolxon Toshmirzayev, 90+3), 9. Joel Kojo (15. Shaxzodjon Nematjonov, 90+3), 10. Jamshid Iskanderov (32. Zoran Marushich, 74), 20. Anvarjon G\u2018ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullayev, 22. Alisher Odilov (8. Vladimir Yovovich, 63), 23. Yovan Dokich.<\/p>\n<p>Zaxira: 45. Akbar To\u2018rayev, 24. G\u2018ulom-Haydar G\u2018ulomov, 33. Shoxruxbek Yoqubjonov, 70. Silvanus Nimeli, .<\/p>\n<p>OKMK: 35. Javohir Ilyosov, 5. Giorgi Papava (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 60), 6. Avazbek O\u2018lmasaliyev, 7. Dilshodbek Axmadaliyev, 8. Aziz Xolmurodov (27. Ali Abduraxmonov, 65), 10. Xurshid G\u2018iyosov, 11. Ruben Sanchez , 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To\u2018xtaxo\u2018jayev, 21. Saidafzalxon Axrorov (19. Axmadullo Muqumjonov, 71), 99. Asadbek Sobirjonov (28. Arihiro Sentoku, 60).<\/p>\n<p>Zaxira: 88. Xamidullo Abdunabiyev, 13. Eldorbek Begimov, 16. Naoaki Senaga, 18. Ibrohim Yo\u2018ldoshev, 30. Abror Sarimsoqov, .<\/p>\n<p>Ogohlantirishlar: Ruben Sanches 56, Avazbek O\u2018lmasaliyev 81, Islom To\u2018xtaxo\u2018jayev 81, Anvarjon G\u2018ofurov 85, Oybek Rustamov 87<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Sevimli jamoamiz \u2014 &#171;Neftchi&#187; oltin shoxsupa sari dadil qadam tashlamoqda. 19 oktyabr kuni 25-tur&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18854,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6,1],"tags":[],"class_list":["post-18853","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-6","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18853","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18853"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18853\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18862,"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18853\/revisions\/18862"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/18854"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18853"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18853"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18853"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}