Вс. Июл 13th, 2025

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

«NEFTCHI» — «MASH’AL» PREVYU

 

Bugun sevimli jamoamizning navbatdagi uchrashuvi Oʻzbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasida boʻlib oʻtadi. Unda Vitaliy Levchenko shogirdlari Muborakning «Mash’al» klubini qabul qiladi.

Jamoalarning Oʻzbekiston kubogi musobaqasidagi oʻzaro toʻqnashuvlar statistikasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, raqiblar kubok uchun kurashda jami 6 marta uchrashgan boʻlib, unda 4 marta «Neftchi» gʻolib chiqqan boʻlsa, bir oʻyinda «Mash’al» ustunlik qilgan va bitta uchrashuv durang bilan yakunlangan. Kiritilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar nisbati 18:6 fargʻonaliklar foydasiga.

Oʻzbekiston kubogi doirasida boʻlib oʻtgan barcha uchrashuv natijalari bilan tanishtirib oʻtamiz

14.11.2006.
«Neftchi»-«Mash’al» 2:2
26.10.2006.
«Mash’al»-«Neftchi» 2:0
20.09.2005.
«Neftchi»-«Mash’al» 3:0
04.09.2005.
«Mash’al»-«Neftchi» 1:5
23.08.1995.
«Neftchi»-«Mash’al» 6:0
05.06.1995.
«Mash’al»-«Neftchi» 1:2

Ma’lumot oʻrnida, jamoalar joriy yilda ikkinchi bor toʻqnash kelishmoqda. Bungacha raqiblar 11 aprel kuni Superliganing 5-tur bahsida kuch sinashgan edilar va shu kuni «Neftchi» safarda oʻtkazilgan uchrashuvda yirik 1:4 hisobida ustunlikka erishgan. «Mash’al» darvozasiga kiritilgan gollarga Bilolxon Toshmirzaev, Jamshid Iskanderov, Yovan Jokich hamda Anvarjon Gʻofurovlar mualliflik qilishgan.

Eslatib oʻtamiz, «Istiqlol» stadionida boʻlib oʻtadigan «Neftchi»-«Mash’al» bellashuvini Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda futbolchilarimizga jozibador oʻyin namoyish etib, futbol ishqibozlarini chiroyli gʻalaba bilan shod etishlarini tilab qolamiz.

Улашинг: