
«Neftchi» bosh menejeri Jafar Irismetov ayni paytda xizmat safari bilan Gruziyaning Tbilisi shahrida bo’lib turibdi.
Jafar Irismetovning ushbu xizmat safaridan ko’zlangan maqsad Gruziyada bolalar futbolining qay darajada yo’lga qo’yilgani, Yevropada bu borada o’z o’rnini topib borayotgan gruzin futboli, xususan klub akademiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va kelajakda Farg’onada barpo etilajak «Neftchi» futbol akademiyasida ushbu tajribalardan va infratuzilmalardan qo’llanma olish. Kecha klub bosh menejeri Jafar Irismetov Tbilisidagi gruzin futboli bayroqdori bo’lgan «Dinamo Tbilisi» futbol akamediyasida bo’ldi va u yerda akademiya direktori Levan Gvantseladze bilan uchrashdi.
Shuningdek, ushbu yildan e’tiboran PFL bilan hamkorlik doirasida ish boshlagan Tbilisidagi eng katta shourum hisoblangan «Macron Tbilisi Hub» faoliyati bilan ham tanishib, kelasi mavsum uchun sport ekipirovkalarini ko’rish, muzokara o’tkazib, bu borada klub uchun eng ma’qul variantlarni o’rganib chiqish ko’zda tutilgan.