Пт. Фев 14th, 2025

"НЕФТЧИ"

Официальный сайт профессионального футбольного клуба

MARUSHICHNING GOLI MAGʻLUBIYATDAN SAQLAB QOLDI

 

Turkiyaning Antalya shahrida yig‘inlarning birinchi bosqichini yakunlayotgan jamoamiz nazorat uchrashuvini Shimoliy Makedoniyaning «Sileks» klubi a’zolari bilan kuch sinashdi. Bellashuvning birinchi bo‘limida jamoamiz tomonidan kiritilgan golga raqib jamoa birinchi bo‘limning so‘nggi soniyalarida gol kiritib tanaffusga hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hujumkorligimiz yanada oshdi. Tablodagi hisobga qarab yigitlarimiz ancha shiddatliroq harakat qilib, hujumga hujum bilan javob qaytarishga erishdi. O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida hakam tomonidan darvozamiz tomon penalti belgilandi va mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Jamoamiz goldan so‘ng hisobni o‘zgartirishga harakat qildi. Bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoamiz foyidasiga penalti belgilandi. Penaltidan mohirona foydalangan Zoran Marushich hisobni tenglashtirishga erishdi 2:2

 

«Nеftchi» — «Silеks» 2:2

Gollar: Vladimir Yovovich, Zoran Marushich (pеnalitidan).

«Nеftchi»: 25.Eldor Suyunov, 20.Anvar G’ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaеv, 24.G’ulomxaydar G’ulomov, 6. Ikrom Aliboеv, 9. Shohrux Gadoеv, 7. Abror Ismoilov, 30. Quvondiq Ruziеv, 77.Bilolxon Toshmirzaеv, 32.Zoran Marushich, 10.Vladimir Yovovich.

«Silеks»: 25.Lyupchе Dzеkov, 21.Marko Nikolovski, 7.Angеlchе Timovski, 99.David Matеski, 6.Darko Angjеlеski, 13.Gligorchе Еfrеmov, 8.Darko Dodеv, 24.Nikola Braunovich, 29.Ivan Subеrt, 20.Tomchе Grozdanovski, 19.Marko Giorgiеvski.

 

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: