Jamoamiz ikkinchi davra uchrashuvlari oldidan yana bir transferga qo‘l urdi, jamoamiz safiga birinchi davrani «Metallurg» safida o‘tkazgan tajribali Sardor Abduraimov ikkinchi davradan jamoamiz safida maydonga chiqadigan bo‘ldi.
Professional futbol faoliyatini Qashqadaryo viloyatida boshlagan Abduraimov ko‘p yillar voha futboli taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shdi. “Mash’al” va “Nasaf” jamoalari sharafini himoya etdi. 2020 yilning birinchi davrasini “Bunyodkor”da o‘tkazib, yana ortiga qaytdi. 2021 yilning ikkinchi yarmidan e’tiboran esa Yaypanning “Turon” jamoasida o‘tkazgan va 2023 yil iyul oyidan buyon Bekabodning «Metallurg» jamoasida faoliyat olib bordi.
Sardor birinchi davrada Bekabodliklar safida 12 uchrashuvda maydonga chiqib, 952 daqiqa xarakat qildi va bir gol urdi.
Sardor Abduraimov – 1994 yilning 6 oktyabr sanasida Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
SARDOR ABDURAIMOVGA JAMOAMIZ SAFIDA OMAD YOR BO‘LISHINI TILAB QOLAMIZ !
Бошқа хабарлар
«NEFTCHI» — «NASAF» UCHRASHUVIDAGI GOLLAR VA XAVFLI VAZIYATLAR
«NEFTCHI» — «NASAF» UCHRASHUVIDAN FOTOREPORTAJ
VITALIY LEVCHENKO: «NASAF» JAMOASINI CHEMPIONLIK BILAN TABRIKLAYMAN «