
O‘zbekiston kubogi-2025 musobaqalarining kecha bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimida «Neftchi» jamoasi «E» guruhi tarkibida to‘p suradigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga murojaat qilib, uning kubok musobaqalariga klub qanday hozirlik ko‘rilayotganligini so‘radik.
— Jamoamizda barcha musobaqalarga hozirlik va puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Yigitlarimizning kayfiyati baland, har qanday to‘siqni bosib o‘tishga tayyor. Guruhimizdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Lekin biz jiddiy va qiziqarli o‘yinlar bo‘lishini to‘la his etgan holda shunga munosib hozirlik ko‘rmoqdamiz. Menimcha, yaxshi niyatlarimiz to‘la amalga oshadi.