"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

JAMOAMIZ RAHBARIYATI FAN KLUB YETAKCHILARI BILAN UCHRASHDI

 

“Neftchi” PFK rahbariyati tomonidan jamoa muxlislariga boʻlgan eʼtibor sezilarli darajadi  yuksalib bormoqda. Ularga har tomonlama  qator qulaylik va sharoitlar yaratib berish maqsadida bugun «Istiqlol» stadionining  majlislar zalida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda klub bosh menejeri Jafar Irismetov, klub sport direktori Shahboz Begʻamov,»Neftchi» bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko va fan klub yetakchilari qatnashdilar. Qiziqarli kechgan ushbu anjumanda yangi mavsum uchun  takliflar koʻrib chiqilib, fan klub vakillari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar borasida fikrlar bilan  almashildi.Shuningdek, jamoamiz bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko yangi mavsumga jamoa oldiga yuqori vazifalar qoʻyilayotganligi, ushbu vazifalarni amalga oshirishda muxlislarimiz, jumladan fan klubning xissasi katta ahamiyat kasb  etishini taʼkidladi va yangi mavsumda  fan klub aʼzolariga omad yor boʻlishini tiladi.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

 

Улашинг: