{"id":19435,"date":"2026-03-15T22:31:09","date_gmt":"2026-03-15T17:31:09","guid":{"rendered":"https:\/\/fcneftchi.uz\/?p=19435"},"modified":"2026-03-16T12:36:56","modified_gmt":"2026-03-16T07:36:56","slug":"n%d0%b5ftchi-ozb%d0%b5kiston-sup%d0%b5rkubogi-2026-golibi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/archives\/19435","title":{"rendered":"&#171;N\u0415FTCHI&#187; O\u2018ZB\u0415KISTON SUP\u0415RKUBOGI &#8212; 2026 G\u2018OLIBI!"},"content":{"rendered":"<p>Yakshanba kuni barcha futbol ishqibozlarining diqqat e\u2019tibori Andijondagi &#171;Bobur Arena&#187; o\u2018yingohiga qaratildi.Aynan shu yerda O\u2018zbekiston Superkubogi egasi Toshkentning &#171;Paxtakor&#187; va O\u2018zbekistonning amaldagi chempioni Farg\u2018onaning &#171;Neftchi&#187; jamoalari o\u2018rtasida bosh sovrin uchun kurash musobaqasi o\u2018tkazildi.Bu maftunkor va muhim bellashuvni tomosha qilish va o\u2018z sevimli jamoasini har jihatdan qo\u2018llab quvvatlab turish uchun Farg\u2018onadan o\u2018n besh mingdan ortiq ashaddiy muxlislar tashrif buyurdilar.<\/p>\n<p>Uchrashuvning birinchi bo\u2018limidayoq ikkala jamoa ham yuksak mukofotni qo\u2018lga kiritish uchun astoydil kurashga otlandi.Lekin tashabbus asta sekin Islombek Ismoilov shogirdlariga o\u2018tdi.Ular raqibning bo\u2018sh tomonlarini hisobga olgan holda hujumni keskin kuchaytirdilar. Natijada uchrashuvning 17-daqiqasida o\u2018ng qanotdan uyushtirilgan hujumimiz Jamshid Iskanderovning kuchli zarbasi bilan davom etdi. Bu vaziyatda toshkentliklar posboni zarbani qaytirishga muvaffaq bo\u2018ldi. Ammo qaytgan to\u2018pga birinchi bo\u2018lib yetib kelgan braziliyalik legionerimiz Ratino to\u2018pni aniq zarba bilan darvozaga kiritib, &#171;Neftchi&#187;ni hisobda oldinga olib chiqdi 1:0.Shundan keyin kubokni hech kimga bermaymiz, deb kelgan toshkentliklar o\u2018z saflarini Akmal Mozgovoy,Hojiakbar Alijonov,iroqlik Bashar Resan kabi mohir futbolchilar bilan kuchaytirib,mag\u2018lubiyatdan qutulib qolishga astoydil urindilar.Biroq,bu urinishlar natija bermadi. &#171;Paxtakor&#187;ning ikkinchi bo\u2018limdagi harakatlari ham bizning futbolchilarimizning g\u2018alaba uchun ishonchini sindira olmadi.Alisher Odilov, Ibrohim Halil Yo\u2018ldoshev, Jamshid Iskanderov,Boyan Siger,Abror Ismoilov kabi mahoratli yigitlarimiz g\u2018alabani saqlab qolish uchun butun jamoani oldinga intilishga ruhlantirib turdilar. Raqiblar harakatining natijasiz qoldirilishi va darvozamizning daxlsizligini ta\u2019minlashda posbonimiz Botirali Ergashevning mahorati va xizmatlari juda katta bo\u2018ldi.Shu tariqa, butun mamlakat futbol ishqibozlarining e\u2019tiborini tortgan bu uchrashuv Farg\u2018ona jamoasining munosib g\u2018alabasi bilan yakunlandi.&#187;Neftchi&#187; o\u2018z tarixida birinchi marta nufuzli musobaqada g\u2018olib chiqib,Superkubok-2026 g\u2018olibi unvonini qo\u2018lga kiritdi.Endi sevimli jamoamiz O\u2018zbekiston chempioni va O\u2018zbekiston Superkubok egasi sifatida tilga olinadi.<\/p>\n<p>Uchrashuvdan so\u2018ng g\u2018oliblarni taqdirlash marosimi muxlislarning gulduros qarsaklari ostida o\u2018tkazildi. Yuksak mukofotni g\u2018oliblarga O\u2018zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Ravshan Ermatov tantanali ravishda topshirdi.Tantana marosimida Farg\u2018ona viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Hayrullo Bozorov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov va uchrashuvni boshqarib borgan Timur To\u2018xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi ishtirok etdi.<\/p>\n<p>G\u2018alaba tantanalari va quvonchli uchrashuvlar tantanadan keyin Quva tumani hamda viloyat markazida davom etdi.Futbol ishqibozlari g\u2018olib jamoamiz rahbarlari va vakillarini tarixiy g\u2018alaba bilan qizg\u2018in muborakbod etib, Farg\u2018ona futboli dovrug\u2018i va shon shuhratini yanada yuksaltirish uchun kurashda yangi muvaffaqiyatlar tiladilar.<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Superkubogi 2026<\/strong><br \/>\n<strong>19:00. &#171;Neftchi&#187; \u2013 &#171;Paxtakor&#187; 1:0<\/strong><\/p>\n<p>Bosh hakam: Temur To\u2018xtasinov<\/p>\n<p>Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov<\/p>\n<p>Zaxira hakami: G\u2018ayrat Jo\u2018rayev<\/p>\n<p>VAR: Abdurashid Xudoyberganov<\/p>\n<p>AVAR: Akobirxo\u2018ja Shukurullayev<\/p>\n<p>Nazoratchi: Bobur Haydarov<\/p>\n<p>Komissar: Shohruh Said<\/p>\n<p>Gol: Ratino (Jamshid Iskanderov) 17, 1:0<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187;: 1. Botirali Ergashev, 34. Farruh Sayfiyev, 20. Anvarjon G\u2018ofurov, 4. Boyan Siger, 6. Ibrohimhalil Yo\u2018ldoshev, 77. Ratino ( 8. Vladimir Yovovich, 72) Ferreyra, 23. Yovan Jokich, 10. Jamshid Iskanderov (, 5. Ikrom Aliboyev,72), 22. Alisher Odilov (11. Asilbek Jumayev, 81), 7. Abror Ismoilov (9. Xurshid G\u2018iyosov,81), 18. Stipe Peritsa (32. Zoran Marushich, 61)<\/p>\n<p>Zaxira: 45. Akbar To\u2018rayev, 2. Izzatillo Po\u2018latov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 30. Rustambek Fomin,<\/p>\n<p>&#171;Paxtakor&#187;: 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 7. Xojiakbar Alijonov, 9. Ibrohim Ibragimov (50. Flamarion, 79), 10. Akmal Mozgovoy, 14. Rustam Turdimurodov (19. Pyotr Pajishek, 61), 17. Dostonbek Hamdamov (11. Hojimat Erkinov, 69) 21. Bashar Resan (77. Oybek Bozorov,69) 27. Sardor Sobirxo\u2018jayev, 34. Sherzod Nasrullayev, 55. Muhammadrasul Abdumajidov.<\/p>\n<p>Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 8. Dilshod Saitov, , 23. Abdurauf Bo\u2018riyev,<\/p>\n<p>Ogohlantirish: Ratino (&#171;Neftchi&#187;) 67, Anvarjon G\u2018ofurov (&#171;Neftchi&#187;) 82<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yakshanba kuni barcha futbol ishqibozlarining diqqat e\u2019tibori Andijondagi &#171;Bobur Arena&#187; o\u2018yingohiga qaratildi.Aynan shu yerda O\u2018zbekiston&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19436,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,1],"tags":[],"class_list":["post-19435","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-12","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19435","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19435"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19435\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19437,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19435\/revisions\/19437"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/19436"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19435"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19435"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19435"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}