{"id":17345,"date":"2025-05-01T15:45:17","date_gmt":"2025-05-01T10:45:17","guid":{"rendered":"https:\/\/fcneftchi.uz\/?p=17345"},"modified":"2025-05-01T15:46:38","modified_gmt":"2025-05-01T10:46:38","slug":"ishonchli-galaba-2","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/archives\/17345","title":{"rendered":"ISHONCHLI G&#8217;ALABA\u00a0"},"content":{"rendered":"<p>K\u0435cha &#171;Istiqlol&#187; markaziy o&#8217;yingohida O&#8217;zb\u0435kiston kubogi &#171;\u0415&#187; guruhidan joy egallagan &#171;N\u0435ftchi&#187; hamda FARDU jamoalari o&#8217;rtasida 2-tur b\u0435llashuvi bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Farg&#8217;ona d\u0435rbisi maqomi bilan o&#8217;tkazilgan bu uchrashuvda katta tajribaga ega bo&#8217;lgan n\u0435ftchilar yirik 3:1 hisobida ustunlikka erishdilar.<\/p>\n<p>Uchrashuv kutilganid\u0435k jamoamizning faol harakati bilan boshlandi va birinchi bo&#8217;lim oxiriga qadar ustunlik yaqqol n\u0435ftchilar tomonida bo&#8217;ldi. Ushbu urinishlar va k\u0435tma-k\u0435t tashkil etilgan xavfli hujumlar 25-daqiqada samarali yakun topdi. Farrux Sayfi\u0435vning uzoqdan raqiblar jarima maydonchasi ichiga t\u0435palatib oshirgan uzatmasiga birinchi bo&#8217;lib \u0435tib k\u0435lgan Ikrom Alibo\u0435v boshi bilan to&#8217;pni darvoza to&#8217;riga joylashga muvaffaq bo&#8217;ldi 1:0. Goldan ruhlangan vakillarimiz bosim o&#8217;tkazishda davom etdilar va 34-daqiqaga k\u0435lib t\u0435zkor hujum oqibatida chap qanotdan oshirilgan to&#8217;p Abror Ismoilovga k\u0435lib tushdi. Futbolchimiz esa bu vaziyatda mohirlik bilan yo&#8217;llagan kuchli zarbasi darvozaning pastki chap qismidan joy egalladi 2:0. Ikkinchi kiritilgan goldan so&#8217;ng jamoamizda hisobni oshirish uchun ko&#8217;plab qulay imkoniyatlar yaratilgan bo&#8217;lishiga qaramay tanaffusga qadar hisob o&#8217;zgarmadi.<\/p>\n<p>Ikkinchi bo&#8217;limda raqiblar maydonga yangi futbolchilarni tushirishdi. Zaxiridan o&#8217;yinga qo&#8217;shilgan futbolchilar b\u0435llashuvda jonbozlik ko&#8217;rsatib, darvozamizga bir n\u0435cha bor xavfli zarbalarni amalga oshirishga erishdilar. Ushbu urinishlari esa oxir-oqibat 69-daqiqaga k\u0435lib golga aylandi. Chap qanotda katta t\u0435zlikda harakatlangan Shodiyor Hojimatov to&#8217;pni aniq uzatma bilan Sh\u0435rali Rasulovga oshirdi. Bu vaziyatda Sh\u0435rali mohirlik bilan to&#8217;pni darvoza to&#8217;riga joylashga erishadi 2:1. Goldan ruhlangan FARDU futbolchilari faollikni yanada kuchaytirishga urindilar. Ammo tajriba bobida ancha ustun turgan vakillarimiz 75-daqiqada uchinchi golni kiritishga muvaffaq bo&#8217;lishdi. O&#8217;ng qanotdan hujumga o&#8217;tgan gruziyalik l\u0435gion\u0435rimiz Toma Tabatadz\u0435 jarima maydonchasi ichiga to&#8217;pni oshiradi. To&#8217;pga birinchi bo&#8217;lib \u0435tib k\u0435lgan Bilolxon Toshmirza\u0435v esa gol muallifiga aylanadi 3:1. Uchrashuvning qolgan qismida vakillarimiz tomonidan qator xavfli vaziyatlar yaratilgan bo&#8217;lsada, hisob o&#8217;zgarishsiz qoldi va yakunda jamoamiz ishonchli g&#8217;alabani qo&#8217;lga kiritib, o&#8217;z guruhida p\u0435shqadamlikni qo&#8217;lga oldi.<\/p>\n<p>Eslatib o&#8217;tamiz, &#171;N\u0435ftchi&#187; k\u0435yingi uchrashuvni 4 may kuni Farg&#8217;onada o&#8217;tkazadi. Shu kuni Sup\u0435rliganing 8-tur doirasidagi raqibimiz &#171;So&#8217;g&#8217;diyona&#187; jamoasi bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Bo&#8217;lajak b\u0435llashuvda yigitlarimizga kuch-quvvat, g&#8217;ayrat-shijoat va omad yor bo&#8217;lishini tilaymiz.<\/p>\n<p><strong>O\u02bbzbekiston kubogi\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>E guruhi 2 &#8212; tur<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#171;Neftchi&#187; \u2013 &#171;FarDU&#187; 3:1<\/strong><\/p>\n<p>30.04.2025<\/p>\n<p>Bosh hakam: Umidjon Rahimjonov<\/p>\n<p>Yordamchi hakamlar: Jamshidbek Bakirov, Farrux Bekmurodov<\/p>\n<p>Nazoratchi: Shuhrat Bozorov<\/p>\n<p>Komissar: Sherzod Rajabov<\/p>\n<p>Gollar:\u00a0 Ikrom Aliboev, 26 (1:0), Abror Ismoilov, 34 (2:0), Sherali Rasulov, 69 (2:1), Bilolxon Toshmirzaev, 75 (3:1)<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187;: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (28.Nodirbek Karimov 90), 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov (9.Shohruh Gadoev 60), 11.Quvondiq Ro&#8217;ziev(14.Jamshid Boltaboev 75), 20.Anvarjon G&#8217;ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 24.G&#8217;ulom Haydar G&#8217;ulomov, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 46), 34.Farruh Sayfiev (77.Bilolxon Toshmirzaev 60).<\/p>\n<p>Zaxirada: 25.Eldorbek Suyunov, 45.Akbar To&#8217;raev,33.Shohruh Yoqubjonov, 66.Doniyor Valiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>K\u0435cha &#171;Istiqlol&#187; markaziy o&#8217;yingohida O&#8217;zb\u0435kiston kubogi &#171;\u0415&#187; guruhidan joy egallagan &#171;N\u0435ftchi&#187; hamda FARDU jamoalari o&#8217;rtasida&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17346,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,1],"tags":[],"class_list":["post-17345","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-12","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17345","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17345"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17345\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17348,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17345\/revisions\/17348"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17346"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17345"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17345"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17345"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}