{"id":16298,"date":"2025-02-01T20:39:22","date_gmt":"2025-02-01T15:39:22","guid":{"rendered":"http:\/\/fcneftchi.uz\/?p=16298"},"modified":"2025-02-02T09:03:31","modified_gmt":"2025-02-02T04:03:31","slug":"to%ca%bbla-ustunlik","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/archives\/16298","title":{"rendered":"TO\u02bbLA USTUNLIK"},"content":{"rendered":"<p>Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko\u02bbrayotgan jamoamiz bugun navbatdagi nazorat bahsida Qozog\u02bbiston Premer ligasi vakili &#171;Atirau&#187; klubi bilan uchrashdi. Yigitlarimiz bellashuvni hujumkorlik va shiddat bilan boshladilar. 7-daqiqada chap qanotdan chernogoriyalik Vladimir Yovovich bir necha raqiblarni aldab o\u02bbtib, jarima maydoniga yaqinlashganda uni to\u02bbxtatish uchun himoyachilar qoida buzishga majbur bo\u02bbldilar. Bu vaziyatda bosh hakam ikkilanmay jarima belgiladi. Jarima to\u02bbpini Bilolxon Toshmirzayev qoyilmaqom tarzda darvozaga yo\u02bbnaltirdi. To\u02bbp jonli devordagi futbolchiga tegib, rikoshet usulida o\u02bbz yo\u02bbnalishini o\u02bbzgartirgan holda darvoza to\u02bbridan joy oldi 1:0. Navbatdagi xavfli hujumimiz bir daqiqadan so\u02bbng yuzaga keldi. Gol muallifiga aylangan Bilolxon Toshmirzayev jarima maydonchasi yaqinida to\u02bbpga egalik qilib kuchli zarba yo\u02bblladi. Ammo bu safar uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Biroq, yigitlarimiz hujumkorlikni qizg\u02bbin davom ettirdilar. Uchrashuvning 34-daqiqasida Vladimir Yovovich to\u02bbpni Abror Ismoilovga oshiradi, Abror esa bitta harakat bilan to\u02bbpni serbiyalik Zoran Marushichga uzatadi. Deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgan hujumchimiz esa qozog\u02bbistonlik posbonni dog\u02bbda qoldirib, hisobni oshiradi 2:0. Tanaffusga shu hisob bilan chiqildi.<\/p>\n<p>Uchrashuvning ikkinchi bo\u02bblimida raqiblar mag\u02bblubiyatdan chiqish uchun astoydil harakat qildilar. Lekin, farg\u02bbonaliklar bunga yo\u02bbl qo\u02bbyishmadi. Himoyada ham, yarim himoya va hujumda ham tashabbuskorlikni qo\u02bbldan berishmadi. Afsuski, yigitlarimizning hujumkorlik harakatlarida aniqlik yetishmadi. Darvozaga yo\u02bbnaltirilgan to\u02bbplar noaniqlik tufayli samara bermadi. Shu tariqa bu uchrashuv 2:0 hisobida neftchilar foydasiga hal bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187; Turkiyada o\u02bbtgan yilgi tayyorgarlik jarayonidan ham shu jamoa bilan uchrashib 1:1 hisobidagi durang natijaga erishgan edi. Demak, jamoamizda bu yil ancha o\u02bbsish va mahorat kuchaygan. Shu bois, kelgusi bahslarda yigitlarimiz yanada samarali natija ko\u02bbrsatishlarini tilab qolamiz.<\/p>\n<p>Nazorat o\u2018yini, Antaliya<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187; &#8212; &#171;Atirau&#187; 2:0<\/p>\n<p>Gollar:\u00a0Bilolxon Toshmirzayev 7, Zoran Marushich 34.<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187;:\u00a0Eldor Suyunov, Muhsin Ubaydullayev, Anvar G\u02bbofurov, Shohruh Yoqubjonov, Bilolxon Toshmirzayev, Shohruh Gadoyev (Ibrohim Halil Yo\u2018ldoshev), Jamshid Boltaboyev (Muhammadali G\u02bbiyosov), Abror Ismoilov, Ikrom Aliboyev, Zoran Marushich (Toma Tabatadze), Vladimir Yovovich (Quvondiq Ro\u2018ziyev)<\/p>\n<p>&#171;Neftchi&#187; PFK matbuot xizmati<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko\u02bbrayotgan jamoamiz bugun navbatdagi nazorat bahsida Qozog\u02bbiston Premer ligasi&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16299,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[13,1],"tags":[],"class_list":["post-16298","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-13","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16298","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16298"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16298\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16307,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16298\/revisions\/16307"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16299"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16298"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16298"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16298"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}