{"id":19221,"date":"2026-02-22T18:57:54","date_gmt":"2026-02-22T13:57:54","guid":{"rendered":"http:\/\/fcneftchi.uz\/?p=19221"},"modified":"2026-02-22T18:57:54","modified_gmt":"2026-02-22T13:57:54","slug":"jamoamizning-yangi-mavsumga-tayyorgarligi-davom-etmoqda","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/archives\/19221","title":{"rendered":"JAMOAMIZNING YANGI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI DAVOM ETMOQDA"},"content":{"rendered":"<p>Jamoamiz yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko\u2018rish maqsadida 3 yanvardan 17 fevralgacha Turkiyaning Antalya shahrida o\u2018quv mashg\u2018ulot yig\u2018inlarini o\u2018tkazib, 18 fevralda Toshkentga qaytib keldi. Endi yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini bugundan boshlab Farg\u2018onada davom ettiradi. Turkiyadagi yig\u2018inlar qanday o\u2018tganligi va bu yig\u2018inlarda rahbariyat tomonidan olib borilgan ishlar haqida jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilovga qator savollar bilan murojaat etdik. Quyida ana shu savol javoblar bilan tanishasiz.<\/p>\n<p><b>\u2014 Turkiyaning Antalya shahrida yakuniga yetgan o\u2018quv mashg\u2018ulot yig\u2018inlari bo\u2018yicha gapirib bersangiz<\/b><br \/>\n\u2014 Turkiyadagi yig\u2018inlar juda foydali o\u2018tdi. Asosiy maqsad, jamoani yangi mavsumga jismonan va taktik jihatdan tayyorlash edi. Barcha rejalashtirilgan mashg\u2018ulotlar to\u2018liq bajarildi. Iqlim va sharoit ham bizni qoniqtirdi. Eng muhimi, futbolchilar yig\u2018in davomida faqat ishga e\u2019tibor qaratishdi, intizom va xohish yuqori darajada bo\u2018ldi.<br \/>\n<b><br \/>\n\u2014Futbolchilarning jismoniy holati va tayyorgarligi bo\u2018yicha rejalar bajarildimi<\/b><br \/>\n\u2014 Ha, rejalar deyarli to\u2018liq bajarildi. Yig\u2018inlar boshida belgilangan yuklamalar bosqichma-bosqich oshirildi. Keyin esa o\u2018yin ritmiga moslashtirildi. Hozir jamoa kerakli funksional holatga yaqinlashdi. Endi asosiy vazifa mavsum davomida shu holatni saqlab qolish.<\/p>\n<p><b>\u2014 Yig\u2018inlar doirasida bir nechta o\u2018rtoqlik-nazorat uchrashuvlari o\u2018tkazildi. Ushbu o\u2018yinlar orqali asosiy tarkibga nomzodlar aniqlab olindimi<\/b><br \/>\n\u2014 Nazorat o\u2018yinlari biz uchun muhim kamchiliklarimizni ochib berdi. Ayrim pozisiyalarda raqobat kuchaydi. Ayrim futbolchilar o\u2018zini yaxshi tomondan ko\u2018rsatdi. Asosiy tarkibning 80-90 foizi shakllandi, qolgan pozisiyalar bo\u2018yicha esa hali raqobat davom etadi.<\/p>\n<p><b>\u2014 Jamoa yangi taktik<\/b> <b>ko\u2018rsatmalarni qay darajada o\u2018zlashtirdi<\/b><br \/>\n\u2014 Albatta, bir yig\u2018inda barchasini mukammal o\u2018zlashtirib bo\u2018lmaydi. Lekin futbolchilar g\u2018oyani tushunib yetdi, bu eng muhimi. Hujumdan himoyaga va himoyadan hujumga o\u2018tish tezligi ancha yaxshilandi. Endi rasmiy o\u2018yinlar orqali buni yanada mustahkamlaymiz.<br \/>\n<b><br \/>\n\u2014 Birinchi tur oldidan rejalar qanday<\/b><br \/>\n\u2014 Birinchi turga maksimal tayyor holatda kirishni maqsad qilganmiz. Asosiy e\u2019tibor o\u2018yin intizomi va xatolarni kamaytirish. Bizning vazifa natija bilan birga barqaror va hujumkor o\u2018yinni namoyish etish.<\/p>\n<p><b>\u2014 Jamoa ichidagi muhit haqida<\/b><br \/>\n\u2014 Muhit yaxshi. Yoshlar va tajribali futbolchilar o\u2018rtasida muvozanat bor. Bir-birini qo\u2018llab-quvvatlash kuchaygan, raqobat esa sog\u2018lom. Bu esa jamoa rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri.<\/p>\n<p><b>\u2014 Umumiy qilib aytganda, Turkiyadagi yig\u2018inlardan ko\u2018nglingiz to\u2018ldimi <\/b><br \/>\n\u2014 Ha, umumiy hisobda yig\u2018indan qoniqdik. Albatta, hal qilinishi kerak bo\u2018lgan jihatlar bor, lekin bu tabiiy jarayon. Eng muhimi, jamoa yangi g\u2018oyalarni tushundi va mavsumni boshlashga tayyor holatga keldi.<\/p>\n<p><b>&#8220;Neftchi&#8221; PFK matbuot xizmati<br \/>\n<\/b><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamoamiz yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko\u2018rish maqsadida 3 yanvardan 17 fevralgacha Turkiyaning Antalya shahrida o\u2018quv&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19222,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11,1],"tags":[],"class_list":["post-19221","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-11","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"en","enabled_languages":["uz","en"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19221","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19221"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19221\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19223,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19221\/revisions\/19223"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/19222"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19221"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19221"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/fcneftchi.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19221"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}