Yakshanba kuni barcha futbol ishqibozlarining diqqat e’tibori Andijondagi “Bobur Arena” o‘yingohiga qaratildi.Aynan shu yerda O‘zbekiston Superkubogi egasi Toshkentning “Paxtakor” va O‘zbekistonning amaldagi chempioni Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari o‘rtasida bosh sovrin uchun kurash musobaqasi o‘tkazildi.Bu maftunkor va muhim bellashuvni tomosha qilish va o‘z sevimli jamoasini har jihatdan qo‘llab quvvatlab turish uchun Farg‘onadan o‘n besh mingdan ortiq ashaddiy muxlislar tashrif buyurdilar.
Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq ikkala jamoa ham yuksak mukofotni qo‘lga kiritish uchun astoydil kurashga otlandi.Lekin tashabbus asta sekin Islombek Ismoilov shogirdlariga o‘tdi.Ular raqibning bo‘sh tomonlarini hisobga olgan holda hujumni keskin kuchaytirdilar. Natijada uchrashuvning 17-daqiqasida o‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumimiz Jamshid Iskanderovning kuchli zarbasi bilan davom etdi. Bu vaziyatda toshkentliklar posboni zarbani qaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan braziliyalik legionerimiz Ratino to‘pni aniq zarba bilan darvozaga kiritib, “Neftchi”ni hisobda oldinga olib chiqdi 1:0.Shundan keyin kubokni hech kimga bermaymiz, deb kelgan toshkentliklar o‘z saflarini Akmal Mozgovoy,Hojiakbar Alijonov,iroqlik Bashar Resan kabi mohir futbolchilar bilan kuchaytirib,mag‘lubiyatdan qutulib qolishga astoydil urindilar.Biroq,bu urinishlar natija bermadi. “Paxtakor”ning ikkinchi bo‘limdagi harakatlari ham bizning futbolchilarimizning g‘alaba uchun ishonchini sindira olmadi.Alisher Odilov, Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, Jamshid Iskanderov,Boyan Siger,Abror Ismoilov kabi mahoratli yigitlarimiz g‘alabani saqlab qolish uchun butun jamoani oldinga intilishga ruhlantirib turdilar. Raqiblar harakatining natijasiz qoldirilishi va darvozamizning daxlsizligini ta’minlashda posbonimiz Botirali Ergashevning mahorati va xizmatlari juda katta bo‘ldi.Shu tariqa, butun mamlakat futbol ishqibozlarining e’tiborini tortgan bu uchrashuv Farg‘ona jamoasining munosib g‘alabasi bilan yakunlandi.”Neftchi” o‘z tarixida birinchi marta nufuzli musobaqada g‘olib chiqib,Superkubok-2026 g‘olibi unvonini qo‘lga kiritdi.Endi sevimli jamoamiz O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston Superkubok egasi sifatida tilga olinadi.
Uchrashuvdan so‘ng g‘oliblarni taqdirlash marosimi muxlislarning gulduros qarsaklari ostida o‘tkazildi. Yuksak mukofotni g‘oliblarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Ravshan Ermatov tantanali ravishda topshirdi.Tantana marosimida Farg‘ona viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Hayrullo Bozorov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov va uchrashuvni boshqarib borgan Timur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi ishtirok etdi.
G‘alaba tantanalari va quvonchli uchrashuvlar tantanadan keyin Quva tumani hamda viloyat markazida davom etdi.Futbol ishqibozlari g‘olib jamoamiz rahbarlari va vakillarini tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in muborakbod etib, Farg‘ona futboli dovrug‘i va shon shuhratini yanada yuksaltirish uchun kurashda yangi muvaffaqiyatlar tiladilar.
O‘zbekiston Superkubogi 2026
19:00. “Neftchi” – “Paxtakor” 1:0
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: G‘ayrat Jo‘rayev
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Akobirxo‘ja Shukurullayev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Shohruh Said
Gol: Ratino (Jamshid Iskanderov) 17, 1:0
“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 34. Farruh Sayfiyev, 20. Anvarjon G‘ofurov, 4. Boyan Siger, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 77. Ratino ( 8. Vladimir Yovovich, 72) Ferreyra, 23. Yovan Jokich, 10. Jamshid Iskanderov (, 5. Ikrom Aliboyev,72), 22. Alisher Odilov (11. Asilbek Jumayev, 81), 7. Abror Ismoilov (9. Xurshid G‘iyosov,81), 18. Stipe Peritsa (32. Zoran Marushich, 61)
Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 2. Izzatillo Po‘latov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 30. Rustambek Fomin,
“Paxtakor”: 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 7. Xojiakbar Alijonov, 9. Ibrohim Ibragimov (50. Flamarion, 79), 10. Akmal Mozgovoy, 14. Rustam Turdimurodov (19. Pyotr Pajishek, 61), 17. Dostonbek Hamdamov (11. Hojimat Erkinov, 69) 21. Bashar Resan (77. Oybek Bozorov,69) 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Sherzod Nasrullayev, 55. Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 8. Dilshod Saitov, , 23. Abdurauf Bo‘riyev,
Ogohlantirish: Ratino (“Neftchi”) 67, Anvarjon G‘ofurov (“Neftchi”) 82
