"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

VITALIY LEVCHENKO JAMOA BILAN XAYRLASHDI

Ukrainalik mashhur mutaxassis, 2022 yilda “Neftchi” rahbariyati tomonidan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Vitaliy Grigoryevich Levchenko jamoani iqtidorli futbolchilar bilan mustahkamlash va chempionlik darajasigacha olib chiqish yuzasidan qo‘yilgan vazifalarni katta mas’uliyat bilan bajarishga kirishdi. Uning bu qat’iy mehnati 2025 yil mavsumida o‘z amaliy natijasini berdi. Joriy yilning 22 noyabr kuni Vitaliy Grigoryevich boshchiligidagi jamoamiz “Qizilqum” bilan bo‘lib o‘tgan bellashuvda ishonchli g‘alaba qozonib, muddatidan oldin O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

2022–2025 yillar davomida uning boshqaruvidagi jamoa 106 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 52 ta g‘alaba, 35 ta durang va 19 ta mag‘lubiyatni qayd etdi.

2025 yil 30 noyabr kuni Vitaliy Levchenkoning “Neftchi” klubi bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetdi. Shu bilan birga, “Neftchi”ning murabbiylar shtabida Vitaliy Levchenko bilan birga faoliyat yuritgan Anvarjon Norqulov, Andrey Annenkov va Farrux Berdievlarning ham shartnoma muddatlari yakunlandi.

Jamoa rahbariyati va klub a’zolari ularga o‘tgan davr mobaynida uzoq kutilgan 24 yillik orzuni ro‘yobga chiqarishdagi xizmatlari, “Neftchi” va Farg‘ona futboli rivojiga qo‘shgan barakali hissalari uchun chin dildan minnatdorlik bildiradi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Hammasi uchun sizga katta rahmat, Vitaliy Grigoryevich!

✅@pfcneftchi_uz

Улашинг: