"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

VITALIY LЕVCHЕNKO SUPЕRLIGADA 100-O‘YINNI O‘TKAZADI

 

2022 yildan buyon “Neftchi” futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan ukrainalik tajribali mutaxassis Vitaliy Levchenko 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Neftchi”-“Andijon” bellashuvida 100-rasmiy uchrashuvini nishonlaydi.

Hozirgacha Vitaliy Levchenko “Neftchi” jamoasini 99 ta rasmiy uchrashuvda boshqarib, 48 ta g‘alaba, 34 ta durang va 18 ta mag‘lubiyat bilan o‘zining professional darajasini namoyish etdi.

Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan Vitaliy Levchenkoga Farg‘ona futboli ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilib, millionlar o‘yini ishqibozlarini xursand etib yurishini tilab qolamiz.

 

Улашинг: