7 iyul dushanba kuni Farg‘onadagi” Istiqlol” markaziy o‘yingohida “Neftchi”-“Xorazm” uchrashuvi bilan Superliganing birinchi davra bahslariga yakun yasaladi.
O‘zaro to‘qnashuvlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoalar milliy chempionatimiz doirasida oxirgi marta 2010 yilda yuzlashgan edilar. Shu davr mobaynida o‘tkazilgan o‘yinlar soni 16 tani tashkil etgan va bundan 12 ta o‘yinda “Neftchi” g‘alaba qozongan, 3 ta bellashuv durang bilan yakunlangan va faqat 1 ta bahsda “Xorazm”ning qo‘li baland kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 54-11 farg‘onaliklar foydasiga. Shuningdek, raqiblar O‘zbekiston kubogi musobaqasida ham 5 marta uchrashishgan. Bu yerda ham ustunlik “Neftchi” tomonida: 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat. Kubok bahslarida “Neftchi” 17 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 6 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
O‘zaro qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alaba bo‘yicha faqat farg‘onaliklar ushbu ko‘rsatkichga egalik qilishmoqda. 1997 yil chempionatida ular 7:0 hisobida ustunlikka erishgan.
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
24.04.2010.
“Neftchi”-“Xorazm” 1:0
11.04.2009.
“Neftchi”-“Xorazm” 2:0
15.04.2006.
“Neftchi”-“Xorazm” 6:0
09.09.2000.
“Neftchi”-“Xorazm” 3:0
02.10.1999.
“Neftchi”-“Xorazm” 3:0
Eslatib o‘tamiz, “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladigan “Neftchi”-“Xorazm” uchrashuvini Ibrohim Ismoilov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv bugun soat 20:00 da start oladi.
Yigitlarimizga ushbu bahsda omad, ishonchli harakat va g‘olibona kayfiyat tilaymiz.
