Jamoamizning asosiy tarkibi kabi “Neftchi”ning (U-21) hamda (U-19) futbolchilari ham yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini jadal suratlar bilan olib bormoqdalar. Har ikkala jamoa o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Qirgulidagi “Neftchi” SK qarorgohida va Marg‘ilon shahridagi “Mehnat” futbol maktabi maydonida o‘tkazib kelmoqda. Tasdiqlangan rejaga muvofiq tayyorgarlik jarayoni davomida sinov-nazorat uchrashuvlari ham rejadan o‘rin olgan. Jumladan, bugun “Neftchi” (U-21) futbolchilari Bag‘dodning “Bag‘dodchi” jamoasi bilan kuch sinashdilar. Bellashuvda jamoalar jangovar 3:3 hisobida durang natijani qayd etishdi. O‘rinbosarlarimizdan barcha gollarga Abdulaziz Salohiddinov mualliflik qildi.
“Neftchi”(U-21)—”Bag‘dodchi” 3:3
Gollar: Abdulaziz Salohiddinov 41,70,80
