Xabaringiz bor, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz 24 yanvar kuni Turkiyadagi tayyorgarlik jarayonining birinchi bosqichini yakunlab, besh kunlik ta’tilga chiqqan edi. Bugun jamoamiz a’zolari Antalya shahridagi qarorgohda to‘planib, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining ikkinchi bosqichiga kirishadilar va ishlab chiqilgan reja asosida bir qator Yevropa klublari bilan nazorat o‘yinlarida ishtirok etadilar.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati
